FOCUZ X1
Displey — ko‘z chizig‘ingizda. Kamera yo‘q — ataylab.
O‘ng ko‘zdagi diffraksion waveguide displey oddiy ko‘rinishdagi ko‘zoynakka matnni havoda suzdirib beradi: bildirishnomalar, jonli subtitrlar va AI javoblari — telefonni chiqarmasdan.
Halol gap
X1 hardware-dev bosqichida (EVT). Optika ishlaydi, seriyaga tayyorlash davom etmoqda.
50% zaklad narxni va navbatdagi o‘rningizni qulflaydi. Birinchi partiya zaklad tartibida yetkaziladi.
Zaklad qurilmangiz jo‘natilgunga qadar istalgan vaqtda to‘liq qaytariladi.
Focuz X birinchi bo‘lib yetkaziladi; X1 undan keyin — EVT’dan seriyagacha bosqichlar yakunlangach. Har bir bosqichni blogda ochiq yoritib boramiz.
Bir qarashda
Ma’lumot kerak bo‘lganda telefon ekrani emas — bir qarash yetarli bo‘lishi kerak. X1 aynan shu uchun qurilgan.
Ko‘z chizig‘ida, xalaqit bermaydi
25° displey — bildirishnoma, subtitr va AI javoblari uchun yetarli, lekin dunyoni to‘sib qo‘ymaydi. Kerak bo‘lganda qaraysiz, qolganida u shunchaki yo‘q.
Kamera yo‘q — ataylab
X1’da kamera umuman yo‘q. Yig‘ilishda, bankda, maktabda — hech kim “yozayapsizmi?” deb so‘ramaydi. Bu displey-birinchi qurilma.
Retsept — talab, qo‘shimcha emas
O‘rnatiladigan retsept linzalar (oddiy va progressiv) waveguide optikasini buzmasdan ishlaydi — Focuz Optics’da ko‘rikdan o‘tib, moslashtirasiz.
Displey nima qiladi
Jonli subtitrlar va tarjima
Suhbat matni ko‘z chizig‘ingizda paydo bo‘ladi — boshqa tilda gaplashayotgan odamni o‘qib borasiz.
Bildirishnomalar — telefonsiz
Muhim xabar keldi — bir qarash bilan ko‘rasiz. Cho‘ntakdan telefon chiqarish, ekranga cho‘kish yo‘q.
AI javoblari ko‘z oldingizda
Focuz AI’dan so‘rang — javob displeyda paydo bo‘ladi. Eslatmalar, yo‘nalishlar, qisqa ma’lumotlar — hammasi qarash masofasida.
0,7 mm waveguide — ~98% tiniq
Displeyni ko‘tarayotgan shisha 0,7 mm qalinlikda va deyarli to‘liq shaffof — tashqaridan bu oddiy ko‘zoynak.
- Diffraksion waveguide — o‘ng ko‘zda
- micro-LED yorug‘lik manbai
- Monoxrom yashil — aniqlik va quvvat tejash uchun
“25° — joy yetmagani uchun emas. Bu bir qarashda o‘qishning eng qulay nuqtasi.”— Focuz Optics, X1 waveguide haqida
Batafsil
Savollar
X1’da kamera bormi?+
Qachon yetkaziladi?+
Zakladni qaytarib olsam bo‘ladimi?+
Nega displey yashil va bir rangli?+
Ko‘zim nomerli — taqay olamanmi?+
X’dan farqi nima?+
To‘lovdan keyin nima bo‘ladi?+
X1 navbatini band qiling
50% zakladni Click orqali xavfsiz to‘lang — narx va navbatdagi o‘rningiz qulflanadi, qolgani yetkazib berishda. Buyurtma kodi SMS orqali keladi — akkaunt shart emas.