Focuz X · AI smart ko‘zoynak
Focuz X
See smarter. Sun’iy intellekt — endi ko‘zingiz bilan birga.
Kundalik hayot uchun yaratilgan AI smart ko‘zoynak. Suratga oling, ko‘rganingiz haqida so‘rang, musiqa tinglang, qo‘ng‘iroqlarga javob bering — telefonni cho‘ntakdan chiqarmasdan.
Yaqindan ko‘ring





Nega Focuz X?
Sizning tomoningizda
Telefon kuniga yuzlab marta e’tiborimizni o‘g‘irlaydi. Focuz X boshqa falsafada: texnologiya siz va dunyo o‘rtasida turmasligi, sizning tomoningizda bo‘lishi kerak.
Qo‘llaringiz doim bo‘sh
Surat, video, qo‘ng‘iroq, AI yordam — bitta tugma yoki ovozli buyruq bilan.
Lahzani boy bermaysiz
Eng yaxshi kadrlar telefon qidirayotganda o‘tib ketadi. Focuz X bilan — endi emas.
Har kuni taqasiz
Yengil, klassik dizayn — avvalo chiroyli ko‘zoynak, keyin smart qurilma.
Imkoniyatlar
Bitta gardishga jamlangan
13 MP kamera — dunyo sizning nigohingizdan
Sony IMX681 sensori kadrlarni aniq va jonli ranglarda muhrlaydi.
- Surat — bir bosishda
- Video — 1080p, 30 fps
- Dasturiy stabilizatsiya
AI yordamchi — ko‘rganingiz haqida so‘rang
Ovoz bilan uyg‘oting va savol bering. Focuz AI tasvirni Focuz App orqali tahlil qiladi.
- “Bu qanday bino?” — tarixini aytadi
- “Bu yozuvni tarjima qil” — o‘qib, tarjima qiladi
- “Buni eslab qol” — keyin eslatadi
Open-ear audio — musiqa ham, atrof ham
Stereo dinamiklar tovushni qulog‘ingizga yo‘naltiradi, lekin quloqni yopmaydi.
HD qo‘ng‘iroqlar — shovqinsiz
Ikki mikrofonli ENC ovozingizni shamol va ko‘cha shovqinidan ajratadi.
Ovozli eslatmalar — fikr yo‘qolmaydi
Orqa tugmani ikki marta bosing — yozuv boshlandi. Keyin hammasi Focuz App’da.
Focuz App — boshqaruv markazi
Surat va videolar Wi-Fi orqali tez uzatiladi. Galereya, AI sozlamalari, qurilma holati.
- OTA yangilanishlar
- iOS va Android
Kundalik stsenariylar
Hayotning har lahzasi
Sayohatda
POV video va suratlar — telefon ushlab yurmasdan. Yodgorlik oldida “bu nima?” deb so‘rang.
Ishda
Yig‘ilishdan keyin ovozli eslatma yozing. Qo‘ng‘iroqlarga qo‘l tegizmasdan javob bering.
Sportda
IPX4 ter va yomg‘irdan qo‘rqmaydi. Musiqa — atrofni eshitgan holda.
Til o‘rganishda
Ko‘rgan yozuvlaringizni tarjima qildiring, yangi so‘zlarni ovoz bilan so‘rang.
Oila bilan
Bolangizning birinchi qadamlarini ekran ortidan emas, o‘z ko‘zingiz bilan ko‘ring — bir bosish bilan yozib oling.
Maxfiylik
Dizaynning asosi
Privacy LED
Surat yoki video paytida gardishdagi chiroq yonadi — atrofdagilar doim ko‘radi.
Kamera yopiqligi sensori
Linza yopilganini qurilmaning o‘zi aniqlaydi.
Ma’lumotlar nazoratda
Fayllar qurilmada saqlanadi va faqat siz xohlaganda Focuz App’ga o‘tadi.
“Maxfiylik Focuz X’da qo‘shimcha funksiya emas — uni taqib yurishning sharti.”
Focuz Optics bilan
Ko‘zingizga moslashadi
Focuz X retsept (nomerli) linzalar bilan to‘liq mos. Toshkentdagi Focuz Optics markazida smart texnologiya va professional optika bitta joyda.
Dizayn
Avvalo ko‘zoynak
Dumaloq panto shakli va kalit teshigi ko‘rinishidagi ko‘prikcha. Yengil polikarbonat gardish kun bo‘yi taqish uchun qulay, taqish sensori esa uni taqqaningizda yoqadi va yechganingizda quvvatni tejaydi.
Ikki rang

Texnik xarakteristikalar
Batafsil
- Kamera
- 13 MP · Sony IMX681
- Video
- 1080p Full HD · 30 fps · dasturiy stabilizatsiya
- Audio
- Open-ear stereo dinamiklar
- Mikrofonlar
- 2× · ENC shovqin kamaytirish
- Aloqa
- Bluetooth 5.4 · Wi-Fi (fayl uzatish)
- Ichki xotira
- 4 GB
- Batareya
- 300 mAh
- Musiqa
- 7 soatgacha
- Suhbat
- ~4 soat
- Quvvatlash
- USB-C · ~2 soat
- Himoya
- IPX4 — ter, yomg‘ir, sachrash
- Material
- Yengil polikarbonat — gardish, temple, linza
- Boshqaruv
- 2 tugma · sensorli panel · ovoz
- Sensorlar
- Taqish sensori · kamera yopiqligi sensori
- Moslik
- iOS va Android · Focuz App
Boshqaruv
10 soniyada o‘rganasiz
| Harakat | Natija |
|---|---|
| Old tugma — 1 bosish | Surat |
| Old tugma — 2 bosish | Videoni boshlash |
| Video paytida 1 bosish | Videoni to‘xtatish |
| Orqa tugma — 1 bosish | AI yordamchini uyg‘otish |
| Orqa tugma — 2 bosish | Ovozli eslatma |
| Sensorli panel — 2 teginish | Musiqa play/pauza · qo‘ng‘iroqni qabul qilish |
| Sensorli panel — 3 teginish | Keyingi trek |
| Sensorli panel — uzoq bosish | Qo‘ng‘iroqni rad etish / tugatish |
| Sensorli panel — oldinga / orqaga surish | Ovoz balandligi |
| Old tugma — 3 soniya ushlab turish | Yoqish / o‘chirish |
Qutida
Qutini oching
- Focuz X smart ko‘zoynak
- USB-C zaryadlash kabeli
- Himoya g‘ilofi
- Linza artish matosi
- Qisqa qo‘llanma
Savol-javob
Savollar
01Retsept linzali qilib olsam bo‘ladimi?
Ha. Focuz Optics’da ko‘rikdan o‘tasiz, linzalar tayyorlanadi va ko‘zoynagingizga o‘rnatiladi.
02Telefonsiz ishlaydimi?
Surat, video va ovozli eslatmalar offline ishlaydi va 4 GB xotirada saqlanadi. AI funksiyalari uchun Focuz App kerak.
03Fayllarni qanday olaman?
Focuz App’ni oching — surat va videolar Wi-Fi orqali bir necha soniyada telefoningizga o‘tadi.
04Zakladdan keyin nima bo‘ladi?
Navbatga qo‘shilasiz. Jo‘natish sanasini partiya tayyor bo‘lishi bilan xabar qilamiz; qolgan summani yetkazib berishda to‘laysiz.
Buyurtma
Focuz X’ni band qiling
Rangni tanlang va 50% zaklad to‘lang — qolgani yetkazib berishda. Zaklad jo‘natilgunga qadar to‘liq qaytariladi.
Rangni tanlang
- Focuz App bilan
- Toshkent bo‘ylab yetkazib berish
- Retsept linzalar — Focuz Optics’da
Zaklad 50% · Focuz X
To‘liq narx: 600 000 so‘m · qolgani — yetkazib berishda
- Umumiy narxdan ayiriladi
- Navbat zaklad tartibida
- Jo‘natilgunga qadar to‘liq qaytariladi
- Yetkazib berish — Toshkent bo‘ylab
Telegram’da @focuz_support ochiladi — xabar tayyor, faqat yuborasiz. Menejer zaklad to‘lovini rasmiylashtiradi.