Focuz X · AI smart ko‘zoynak

FOCUZ X

See smarter. Sun'iy intellekt — endi ko‘zingiz bilan birga.

Kundalik hayot uchun yaratilgan AI smart ko‘zoynak. Suratga oling, ko‘rganingiz haqida so‘rang, musiqa tinglang, qo‘ng‘iroqlarga javob bering — telefonni cho‘ntakdan chiqarmasdan.

600 000 so‘m Zaklad 50% — 300 000 so‘m
Hoziroq band qilish
Toshkentda yetkazib berish Retsept linzalar bilan mos Click orqali xavfsiz to‘lov
Focuz X — AI smart ko‘zoynak
Nega Focuz X?

Sizning tomoningizda

Telefon kuniga yuzlab marta e'tiborimizni o‘g‘irlaydi. Focuz X boshqa falsafada: texnologiya siz va dunyo o‘rtasida turmasligi, sizning tomoningizda bo‘lishi kerak.

Qo‘llar bo‘sh

Qo‘llaringiz doim bo‘sh

Surat, video, qo‘ng‘iroq, AI yordam — bitta tugma yoki ovozli buyruq bilan. Telefonni qidirishga hojat yo‘q.

Lahza

Lahzani boy bermaysiz

Eng yaxshi kadrlar telefon qidirayotganda o‘tib ketadi. Focuz X bilan — endi emas.

Har kuni

Har kuni taqasiz

Yengil, klassik dizayn — smart ko‘zoynak ekani sezilmaydi ham. Avvalo chiroyli ko‘zoynak, keyin smart qurilma.

Imkoniyatlar

Bitta framega jamlangan

01

13 MP kamera — dunyo sizning nuqtai nazaringizdan

Premium Sony IMX681 sensori kadrlarni aniq va jonli ranglarda muhrlaydi. Qo‘lingiz band bo‘lsa ham xotiralar yozilib boradi.

  • Surat — bir bosishda
  • Video — 1080p Full HD, 30 fps
  • Dasturiy stabilizatsiya — harakatda ham silliq
02

AI yordamchi — ko‘rganingiz haqida so‘rang

Ovoz bilan uyg‘oting va savol bering. Focuz AI kameradagi tasvirni tahlil qiladi — barchasi Focuz App orqali.

  • “Bu qanday bino?” — tarixini aytib beradi
  • “Bu yozuvni tarjima qil” — o‘qiydi va tarjima qiladi
  • “Buni eslab qol” — keyinroq eslatadi
03

Open-ear audio — musiqa ham, atrof ham

Ochiq quloq stereo dinamiklar tovushni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qulog‘ingizga yo‘naltiradi, lekin quloqni yopmaydi. Musiqa tinglaysiz — va ayni paytda atrofni eshitib turasiz.

04

HD qo‘ng‘iroqlar — shovqinsiz

Ikki mikrofonli ENC tizimi ovozingizni atrofdagi shovqindan ajratib oladi. Shamolda, ko‘chada, bozorda — suhbatdoshingiz sizni aniq eshitadi.

05

Ovozli eslatmalar — fikr yo‘qolmaydi

Ikki marta bosing — yozuv boshlandi. G‘oyalar, rejalar, dars konspektlari — hammasi keyin Focuz App‘da qo‘l ostingizda.

06

Focuz App — boshqaruv markazi

Barcha surat va videolar Wi-Fi orqali tezkor uzatiladi. Galereya, AI sozlamalari, qurilma holati — bitta ilovada.

  • OTA yangilanishlar — vaqt o‘tishi bilan aqlliroq
  • iOS va Android‘da ishlaydi
Kundalik stsenariylar

Hayotning har lahzasi

Sayohatda

POV video va suratlar — telefon ushlab yurmasdan. Yodgorlik oldida “bu nima?” deb so‘rang.

Ishda

Yig‘ilishdan keyin ovozli eslatma yozing. Qo‘ng‘iroqlarga qo‘l tegizmasdan javob bering.

Sportda

IPX4 himoya ter va yomg‘irdan qo‘rqmaydi. Musiqa — quloqni yopmasdan, atrofni eshitgan holda.

Til o‘rganishda

Ko‘rgan yozuvlaringizni tarjima qildiring, yangi so‘zlarni ovoz bilan so‘rang.

Oila bilan

Bolangizning birinchi qadamlarini kadr ortidan emas, o‘z ko‘zingiz bilan ko‘ring. Kamera baribir yozib boradi.

Maxfiylik

Dizaynning asosi

Privacy LED

Kamera ishlayotganda frame‘dagi indikator yonadi. Atrofdagilar buni doim ko‘radi — yashirin suratga olish yo‘q.

Kamera yopiqligi sensori

Linza yopilganini qurilma o‘zi aniqlaydi.

Ma'lumotlar nazoratda

Fayllar qurilmada saqlanadi va faqat siz xohlaganda Focuz App‘ga o‘tadi.

Falsafa

“Maxfiylik Focuz X‘da qo‘shimcha funksiya emas — uni taqib yurishning sharti.”

Focuz Optics bilan

Ko‘zingizga moslashadi

Focuz X retsept (nomerli) linzalar bilan to‘liq mos. Toshkentdagi Focuz Optics klinikamizda smart texnologiya va professional optika bitta joyda — bu boshqa hech bir smart ko‘zoynak brendida yo‘q.

Dizayn va qulaylik

Ikki rang

Yengil polikarbonat frame, temple va linzalar — kun bo‘yi taqish uchun qulay. Klassik wayfarer silueti va kiyish sensori: taqqaningizda ishga tushadi, yechganingizda energiya tejaydi.

Qora
Transparent
Texnik xarakteristikalar

Batafsil

Kamera
13 MP · Sony IMX681
Video
1080p Full HD · 30 fps
Dinamiklar
Open-ear stereo
Mikrofonlar
2× · ENC shovqin kamaytirish
Bluetooth
5.4
Wi-Fi
Bor · tezkor uzatish
Ichki xotira
4 GB
Batareya
300 mAh
Musiqa tinglash
7 soatgacha
Suhbat vaqti
~4 soat
Zaryadlash
USB-C · ~2 soat
Suvga chidamlilik
IPX4
Material
Yengil polikarbonat
Boshqaruv
2 tugma · touchpad · ovoz
Sensorlar
Kiyish · kamera yopiqligi
Moslik
iOS va Android · Focuz App
Boshqaruv

10 soniyada o‘rganasiz

HarakatNatija
Old tugma — 1 bosishSurat olish
Old tugma — 2 bosishVideo boshlash
Video paytida 1 bosishVideoni to‘xtatish
Orqa tugma — 1 bosishAI yordamchini uyg‘otish
Orqa tugma — 2 bosishOvozli eslatma boshlash
Touchpad — 2 bosishMusiqa play/pause · qo‘ng‘iroqni qabul qilish
Touchpad — uzoq bosishQo‘ng‘iroqni rad etish / tugatish
Touchpad — oldinga / orqaga slideOvozni ko‘tarish / pasaytirish
Old tugma — 3 soniya bosib turishYoqish / o‘chirish
Qutida nima bor

Qutini oching

🕶️Focuz X smart ko‘zoynak
🔌USB-C zaryadlash kabeli
🧳Himoya g‘ilofi
🧻Artish matosi
📖Qisqa qo‘llanma
Tez-tez so‘raladigan savollar

Savollar

Retsept linzali qilib olsam bo‘ladimi?+
Ha. Focuz Optics klinikasida ko‘rikdan o‘tasiz, linzalar tayyorlanadi va ko‘zoynagingizga o‘rnatiladi.
Kamera yashirincha ishlaydimi?+
Yo‘q. Surat yoki video paytida frame‘dagi privacy LED doim yonib turadi.
Telefonsiz ishlaydimi?+
Surat, video va ovozli eslatmalar to‘liq offline ishlaydi va 4 GB xotirada saqlanadi. AI funksiyalar uchun Focuz App kerak bo‘ladi.
Suvga chidamlimi?+
IPX4 — ter, yomg‘ir va suv sachrashiga chidamli. Dush va suzish uchun mo‘ljallanmagan.
Batareya kunga yetadimi?+
Aralash foydalanishda — ha. Uzluksiz rejimda: 7 soatgacha musiqa yoki ~4 soat suhbat. To‘liq zaryad ~2 soatda.
Fayllarni qanday olaman?+
Focuz App‘ni oching — surat va videolar Wi-Fi orqali bir necha soniyada telefoningizga o‘tadi.
AI qaysi tillarda ishlaydi?+
Focuz App AI o‘zbek, rus va ingliz tillarida muloqot qilishga mo‘ljallangan.
To‘lovdan keyin nima bo‘ladi?+
To‘lov tasdiqlangach telefoningizga buyurtma kodi (masalan FX-AB12CD) SMS orqali keladi. Shu kod bilan istalgan vaqtda buyurtmangiz holatini kuzatib turasiz.
Buyurtma

Focuz X‘ni oling

Rangni tanlang va Click orqali xavfsiz to‘lang. To‘lovdan so‘ng buyurtma kodini SMS orqali olasiz — hisob (akkaunt) ochish shart emas.

600 000 so‘m Zaklad 50% · 300 000 so‘m
Band qilish